Eron tabiiy gaz qazib olish va uni eksport qilish, jumladan, ikki yildan so‘ng Yevropaga yetkazib berishni boshlash imkoniyatlarini qidirmoqda. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.

Foto: “RIA Novosti”

Foto: “RIA Novosti”

Eron gaz eksporti milliy kompaniyasi (NIGEC) boshqaruvchi direktori Alirizo Kamoliyning bildirishicha, Yevropa kompaniyalari, xususan, suyultirilgan gaz tashish tankerlari xalqaro operatori Golar LNG bilan suyultirilgan gaz infratuzilmasini qurish borasida muzokaralar olib borilmoqda. “Bu loyihani amalga oshirish uchun ikki yilga yaqin vaqt ketadi. Shundan so‘ng Yevropaga gaz eksporti masalasi ko‘rib chiqiladi”, — deya ta’kidlagan Kamoliy.

Eron, shuningdek, Fors ko‘rfazidagi qo‘shnilari — Kuvayt va BAAga gaz yetkazib berishni rejalashtirmoqda, hatto ayni paytda munosabatlar tarang bo‘lgan Saudiya Arabistoni ham istisno etilmayapti. Kamoliyning fikricha, “Saudiya ehtimoliy yirik xaridorlardan biri va unda Eron bilan yaqinlashishdan boshqa iloj yo‘q”.