AQShda 25-yanvar, dushanba kuni 30 yil davomida Oq uy yaqinida yadro quroliga qarshi norozilik bildirib kelgan ayol vafot etdi. Bu mamlakat tarixidagi eng uzoq davom etgan siyosiy norozilik aktidir, deb xabar beradi Daily Mail.
Konsepsyon Pichchotto uysiz ayollar uchun mo‘ljallangan Vashingtondagi ijtimoiy muassasada vafot etdi. Ayolning aniq yoshi ma’lum emas. U taxminan 80 yoshda bo‘lgan. Ayol o‘limining sababi ma’lum qilinmadi.
1981-yilda ayol Oq uy yaqinida chodir uyni qurib olgan. U yerda ayol doimiy ravishda Fors ko‘rfazidagi urush, yadro urushi, kimyoviy urush va mamlakatdagi boshqa muammolarga qarshi norozilik bildirib kelgan.
Uning e’tirozlari Amerikaning 1945-yilda Yaponiyaning Xirosima va Nagasaki shaharlarini bombardimon qilishi oqibatlari unga ma’lum bo‘lgandan so‘ng, butun dunyo bolalarini himoya qilish istagi bilan boshlangan.
Ayol hukumat tomonidan ta’qib etilayotganligiga ishonchi komil bo‘lganligi uchun hukumat uning boshiga elektromagnit to‘lqinlarini yo‘naltirayapti deb hisoblab, doim maxsus himoya shapkasini kiyib yurgan.
Izoh (0)