“MTS” va “Megafon” korporativ mijozlari uchun operatorlar amal qiluvchi barcha hududlarda abonentlarning joylashgan joyini aniqlash imkonini beruvchi xizmatni taqdim etdi. Bu haqda kompaniyalar vakillari ma’lumotiga tayanib, Tjournal xabar beradi.
Ish beruvchilar o‘z xodimlarining harakatlanishi haqida elektron pochtaga xabar yoki SMS ko‘rinishidagi hisobotlarni olishi mumkin.
Monitoring xizmatiga korporativ raqamlardan tashqari xodimlarning shaxsiy raqamlarini ham qo‘shish mumkin. Shuningdek, bir nechta aloqa operatorlarining xizmatlaridan foydalanuvchi korporativ mijozlarning SIM-kartalarini ham kuzatish mumkin.
Xizmat faqat abonentlarning roziligi bilan ulanishi mumkin.
Yangi xizmat xodimlari asosan ish yuzasidan: kuryerlik xizmati, transport va logistika firmalarining yuk va yo‘lovchi tashish bo‘yicha ofisni tez-tez tark etuvchi kompaniyalar uchun mo‘ljallangan.
Izoh (0)