Reklama kompaniyasida art-direktor lavozimida ishlovchi nyu-yorklik Patrik Xorton shaharga yopirilgan qor bo‘ronining foydali tomoni topdi — u iglu (qor-uy) qurib, uni Airbnb’da savdoga qo‘ydi. Meduza’ning yozishicha, Xorton igluda bir kecha tunab qolishni 200 dollarga baholagan.
Oradan ko‘p o‘tmay, igluda tunash haqidagi e’lon Airbnb’dan yo‘qoldi — turar-joy sayt talablariga mos kelmagan, chunki unda na elektr ta’minoti, na suv quvurlari va na kirish eshigi bor.
#indiastreetigloo pic.twitter.com/xunxUAwxRb
— Patrick M. Horton (@patrickmhorton) January 24, 2016
Patrik Xortonning aytishicha, igluni qurish va bu haqdagi e’lonni saytga joylashtirish uchun uch soat vaqti ketgan.
#WSU graduate's blizzard creation becomes web hit. Check out what @PatrickMHorton made: https://t.co/B0YeP2T0Il pic.twitter.com/v0Tj06KWKn
— Nicolle Tonasket (@NicolleTonasket) January 26, 2016
Izoh (0)