AQSh ma’muriyati 25-yanvar, dushanba kuni qamoqxonalar federal tizimini keng ko‘lamli isloh qilish boshlanganligini ma’lum qildi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar beradi.
Oq uy tomonidan tarqatilgan ma’lumotnomada yozilishicha, yangi reja asosiga prezident Barak Obamaning ko‘rsatmasiga muvofiq Adliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan 50 ga yaqin tavsiya kiritilgan.
Ushbu bandlar qayta tashkil etishning muhim yo‘nalishlari, jumladan, mahbuslarni jazo chorasi tariqasida qamoqxona muassasalariga joylashtirish, bu kabi muassasalarda ushlab turishning tegishli shartlariga rioya etish, shuningdek, mahbuslarning eng zaif guruhlari hisoblanuvchi voyaga yetmagan jinoyatchilar, homilador ayollar va ruhiy buzilish qayd etilgan odamlar bilan to‘g‘ri muomala qilish kabilarni o‘z ichiga oladi.
Shu jumladan, so‘z voyaga yetmagan jinoyatchilarni bir kishilik kameralarda saqlashni taqiqlash haqida yuritilmoqda.
Izoh (0)