Londonning ICE Futures Europe birjasida neftning narxi Moskva vaqti bilan 7:00 da barreliga 30,05 dollardan 29,96 dollargacha pasaydi. Bu haqda “RBK” xabar beradi.
Brent markasining narxi 29,81 dollargacha arzonlashdi.
Avvalroq Nyu-York birjasidagi savdolarda Amerikaning WTI markasidagi neftining qiymati barreliga 30 dollardan pasaydi. Moskva vaqti bilan 7:30 da (Toshkent vaqti bo‘yicha 9:30 da) WTI barreliga 29,71 dollardan savdo qilindi.
Bloomberg’da qayd etilishicha, neft narxlaridagi hozirgi pasayish Saudiya Arabistonining Saudi Aramco neft kompaniyasi rahbari Holid al-Falihning energetika loyihalariga investitsiyalar yuzasidan rejalarning avvalgi darajada saqlanib qolishi haqida ma’lum qilganligi bilan bog‘liq.
Izoh (0)