Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

26-yanvarning muhim yangiliklari — “Daryo”ning kechki dayjestida.

Foto: “TASS”

Foto: “TASS”

1. Eron va Italiya o‘rtasida 17 milliard yevroga teng shartnomalar imzolandi. Sanksiyalardan qutilgan Eron, qandaydir o‘ziga xos tezlik bilan, birin-ketin milliardlik shartnomalarni imzolamoqda.

2. Afg‘onistonda Abu Rayhon Beruniyning qabri butunlay yo‘qolib ketish xavfi ostida turibdi. Quvonarli tomoni, O‘zbekistondagi Bobur xalqaro jamoat fondi Navoiy maqbarasida obodonlashtirish ishlarini olib bordi.

3. Barak Obama: Hillari Klinton mamlakatni birinchi kundanoq boshqarishga qodir. AQShning birinchi afroamerikalik prezidenti uni mamlakatning birinchi ayol prezidenti almashtirishi mumkinligiga qanday munosabatda ekanligini bildirdi.

4. Tailanddan topilgan samolyot bo‘laklari Malayziyaning yo‘qolgan samolyotiga tegishli emas. Tailandning janubiy sohillaridan topilgan samolyot bo‘laklari 2014-yilning martida izsiz yo‘qolgan Malayziya Boeing’iga tegishli deb taxmin qilinayotgan edi.

5. Artur Ocheretniy Vladimir Putinning sobiq xotinini “meniki” deb atadi. Putinning matbuot kotibi bu kabi xabarlarga izoh berishdan bosh tortdi, Facebook’da esa Putinning sobiq xotiniga tegishli sahifa topildi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Chorvoq suv ombori qirg‘oqlaridan odam suyaklari topildi
Markaziy Osiyo
Turkmaniston—O‘zbekiston chegarasidagi gidroinshoot 2040-yilga borib loyqalanishi mumkin
Dunyo
Rossiya TIV Armanistonni Rim statutiga qo‘shilishini qoralab, “o‘ta salbiy” oqibatlardan ogohlantirdi