Dog‘istonning Botlixskiy tumanida joylashgan Andi qishlog‘ida kuch tuzilmalarining xodimlari bir nechta jangarini yo‘q qildi. Bu haqda respublika kuch tuzilmalari ma’lumotiga tayanib, “RBK” xabar beradi.
Manbalarda ma’lum qilinishicha, tezkor ma’lumot yuzasidan boshlangan operatsiya davomida qishloqdagi jangarilar joylashgan uy o‘rab olingan. Jangarilar kuch tuzilmalarining xodimlariga qarata o‘t ochgandan so‘ng, maxsus operatsiyaning faol bosqichi boshlangan.
“Jang davomida uy jiddiy shikastlandi, o‘ldirilgan jangarilarning aniq soni va ularning shaxsi xarobalar ochilgandan keyin aniq bo‘ladi”, — deyiladi manbada.
Izoh (0)