Boliviya poytaxti La-Pas yaqinidagi Yungas hududida avtobusning jarlikka qulab tushishi oqibatida kamida to‘qqiz kishi halok bo‘ldi, to‘rt kishi jarohat oldi. Bu haqda EFE agentligi bergan ma’lumotlarga asosan “Korrespondent.net” xabar qilmoqda.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, avtobus yo‘ldan chiqib ketib, 100 metr chuqurlikdagi jarlikka tushib ketgan. Ma’lum qilinishicha, avtobusda Peru davlatining musiqa guruhi vakillari bo‘lgan.
Qutqaruv xizmati halok bo‘lganlarni qidirishda davom etmoqda. Qutqaruv xizmati boshlig‘ining ta’kidlashicha, marhumlarning shaxsini aniqlash imkoni hozircha yo‘q.
Jarohat olganlar orasida uch nafar katta yoshli odam va o‘n yoshli bola bor. Ularga tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda.
Izoh (0)