Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida istiqomat qiluvchi fotosuratchi Anton Vaganov 24-yanvar kuni 18 qavatli “Azimut” mehmonxonasi derazalaridan yurak hosil qildi. Bu haqda TJournal xabar bermoqda.
Bu haqda 24-yanvar oqshomida boshqa bir fotosuratchi Stanislav Zaburdayev ma’lum qildi. Keyinroq Vaganovning o‘zi “Lenochkani qanday qilib xursand qilganini” hikoya qilib berdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, xonalarning derazalari mehmonxona bilan kelishuv asosida yoritilgan, uning o‘zi esa tasvirga olish ishlari va fotosuratlarning eskizlari bilan shug‘ullangan.
Vaganov o‘z suyuklisi Yelena Grafni birinchi marta antiqa yo‘l bilan tabriklayotgani yo‘q. Qiz “VKontakte”dagi o‘z sahifasida bundan avvalgi g‘aroyib tabriklarning suratlarini ham e’lon qilgan.
Izoh (0)