Isroillik harbiy 23-yanvar kuni Iordan daryosining g‘arbiy sohilidagi hududlardan birida pichoq bilan hujum qilishga uringan falastinlik 13 yoshli qizchani otib tashladi. Bu haqda “TASS” xabar beradi.
Mahalliy politsiya matbuot kotibining ma’lumotlariga qaraganda, qizcha o‘zining oilasi bilan urishib qolib, uyidan pichoqni olib, chiqib ketgan. Qo‘lidagi qurol bilan u isroillik harbiy tomonga yugurgan, bunga javoban harbiy unga qarata o‘t ochgan. Hodisadan biroz vaqt o‘tib, voqea joyiga halok bo‘lgan qizning otasi yetib kelgan, u hibsga olingan.
Isroil va Iordan daryosining g‘arbiy sohilidagi vaziyat 2015-yilning sentabr oyi oxirida keskinlashdi.
Izoh (0)