Buyuk Britaniya hududida bezgak keltirib chiqaruvchi hamda homilaning bosh miya va chanog‘ining kichrayishi (mikrotsefaliya) nuqsoniga sabab bo‘luvchi Zika virusi aniqlandi. Bu haqda Public Health England tashkiloti bergan ma’lumotlarga asosan “TASS” xabar qilmoqda.
Ma’lum qilinishicha, virus Janubiy Amerikaning Karib sohillaridagi uchta davlatdan qaytib kelgan britaniyalikda aniqlangan bo‘lib, unga qarshi emlash hozirga qadar kashf qilinmagan.
Tashkilotning ta’kidlashicha, virus jinsiy aloqa va onadan homila yo‘ldoshi orqali bolaga o‘tadi, ammo boshqa yo‘l bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri odamdan odamga yuqmaydi. Chaquvchi Aedes Aegypti chivini Zika bezgagining asosiy tarqatuvchisi hisoblanadi. Chivin, shuningdek, Denge va chikungunya viruslarini ham tarqalishiga sababchi bo’ladi.
Oldinroq Salvador hukumati Zika bezgagi tufayli mamlakat ayollarini 2016—2017-yillar davomida farzand ko‘rmaslikka chaqirgan edi.
Panamerika sog‘liqni saqlash tashkiloti Zika bezgagi aniqlangan davlatlar 14 taga yetganini tasdiqlagan edi.
Izoh (0)