Braziliya xavfsizlik nuqtai nazaridan Rio-de-Janeyroda 2016-yilgi Olimpiada o‘yinlarining o‘tkazilishiga to‘liq tayyor. Bu haqda Braziliya Adliya vazirligining alohida muhim tadbirlar xavfsizligi bilan shug‘ullanuvchi bo‘limi kotibi Andrey Rodriges ma’lum qildi, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.
“Mening ishonchim komil: Braziliya tayyor. Biz bir qator tadbirlarni o‘tkazdik va tayyorligimizni ko‘rsatdik. Biz malakali mutaxassislar, xavfsizlikni ta’minlash jarayoniga jalb etilgan tegishli xizmat va odamlar, shuningdek, tadbirlarni o‘tkazishdagi ish tajribasiga egamiz. Shu tufayli mamlakatda o‘tkazilgan boshqa tadbirlardagi kabi xavfsizlikni ta’minlaymiz”, — dedi Rodriges.
Rodrigesning ta’kidlashicha, avval qo‘llanilgan xavfsizlik choralaridan tashqari mamlakatda terrorizmga qarshi kurashuvchi yagona markaz ham faoliyat ko‘rsatadi.
Rio-de-Janeyroda Olimpiada o‘yinlari 2016-yilning 5—21-avgust kunlari bo‘lib o‘tadi.
Izoh (0)