Amerikalik millioner va ekolog Duglas Tompkinsning bevasi millionerga tegishli bo‘lgan 400 ming gektar yerni, barchaga ochiq bo‘ladigan milliy bog‘ barpo etish sharti bilan Chiliga topshiradi. Bu haqda “TASS” xabar qilmoqda.
Beva Kristin Makdevitning Chili davlatiga sovg‘a qilmoqchi bo‘layotgan yeri mamlakat janubidagi Patagoniyada joylashgan. Bu hududlar o‘zining bokira tabiati bilan mashhur bo‘lib, noyob flora va fauna vakillarining uyi hisoblanadi.
Makdevitning ta’kidlashicha, agar Chili sovg‘ani qabul qilsa, bu xususiy qo‘ldan davlatga topshirilgan dunyodagi eng katta yerning oldi-berdisi bo‘ladi. O‘z navbatida, Janubiy Amerika mamlakatining prezidenti Mishel Bachelet Tompkinsning so‘nggi vasiyatini bajarish uchun prezidentlik muddati tugaguncha sa’y-harakat qilishga va’da berdi.
Eslatib o‘tamiz, The North Face va Esprit kiyim-kechak markalari asoschilaridan biri, amerikalik biznesmen va atrof-muhit himoyachisi Duglas Tompkins Argentina va Chili chegarasidagi ko‘lda kayakda suzish chog‘ida halok bo‘lganligi xabar qilingan edi.
Izoh (0)