Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko Shveysariya prezidenti Iogann Shnayder-Ammann bilan uchrashuv o‘tkazib, uchrashuv davomida oltin valyuta zaxirasini to‘ldirish maqsadida Kiyevga qo‘shimcha ravishda 200 million dollar berishga kelishib olindi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar qilmoqda.
Ukraina prezidentining saytida, Ukraina prezidenti va xalqi Shveysariya hukumati va xalqiga, hozirgi kunga kelib 350 million dollarga yaqin miqdorda ko‘rsatilgan ijtimoiy va moliyaviy yordami uchun o‘z minnatdorchiligini izhor etishi ma’lum qilingan.
Ta’kidlanishicha, 2015-yil davomida Ukrainaning oltin valyuta zaxirasi 77 foizga, ya’ni 13,3 milliard dollarga oshdi.
Izoh (0)