Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Kanadaning Saskachevan viloyati, La-Losh shahrida maktab o‘quvchisi uyida ikki nafar akasini otib o‘ldirdi, so‘ng maktabga yo‘l oldi va bu yerda yana ikki kishi uning qurboni bo‘lgan. Bu haqda shahar meri vazifasini bajaruvchi Kevin Janve ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.

Foto: AP

Foto: AP

Maktabda halok bo‘lganlardan biri o‘qituvchi bo‘lib ishlagan mer vazifasini bajaruvchining yagona qizi, 23 yoshli Mari Janve bo‘lib, to‘rtinchi qurbonning shaxsi haqida ma’lumot berilmagan. The National Post nashri ikki nafar jabrdiyda og‘ir holatda kasalxonada ekanligini bildirmoqda.

Otishma uyushtirgan o‘quvchi maktabdan tashqarida qo‘lga olindi. Uning shaxsi, bunday jinoyatga qo‘l urishiga sabab bo‘lgan omillar hozircha oshkor etilmagan.

Oxirgi bor Kanada maktablarida otishma 1999-yilda ro‘y bergandi: o‘shanda Alberta viloyati, Taber shahrida 14 yoshli o‘quvchi maktabdoshlaridan birini otib o‘ldirgan, ikkinchisini og‘ir yaralagandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Sport
Messining “Barselona”ga qaytish ehtimoli bor. Xavi va Leo doimiy aloqada bo‘lib turibdi 
Mahalliy
Farg‘onada Qirg‘izistondan keltirilgan psixotrop moddalar savdosi bilan shug‘ullanganlar ushlandi
Mahalliy
Qashqadaryo viloyatida qurilgan namunali uylar qulab tushish arafasida ekani aytilmoqda (video)