AQSh harbiy-havo kuchlari uch xodimining xatosi tufayli Kolorado shtati shimoli-sharqidagi bunkerda joylashgan yadro kallakli raketaga zarar yetdi, deb yozadi “TASS”.

Foto: AP

Foto: AP

Associated Press xabariga ko‘ra, hodisa 2014-yil 17-mayda yuz bergan va ichki tekshiruvga sabab bo‘lgan. Voqea aholi xavfsizligiga tahdid solmagan, zararlangan raketa bunkerdan olib chiqib ketilgan.

Agentlik manbasi ta’kidlashicha, gap Minuteman III qit’alararo ballistik raketasi haqida bormoqda, u muntazam diagnostika chog‘ida “ishga yaroqsiz holatga kelib qolgan”. Mutaxassislarning navbatchi jamoasi rahbari nosozliklarni qidirish chog‘ida texnik ko‘rsatmalarga tegishli tarzda rioya qilmagan va raketaga ziyon yetkazgan. Raketani ta’mirlash ishlari 1,8 million dollarga baholanmoqda.