Amerikalik mashhur xonanda Merayya Keri avstraliyalik milliarder Jeyms Paker bilan Nyu-Yorkda unashtirildi. Bu haqda TMZ bergan ma’lumotlarga asosan “TASS” xabar qilmoqda.
Nikoh to‘yining qachon bo‘lib o‘tishi hozircha belgilanmagan.
Ma’lum qilinishicha, 48 yoshli Paker 45 yoshli xonandani uchrashuvga taklif qilgan va yashirincha uning eng yaqin do‘stlarini ham chaqirgan. Ular ishtirokida milliarder tiz cho‘kib, Merayyadan unga turmushga chiqishni so‘ragan.
Juftlik 2015-yilning iyun oyidan buyon uchrashib keladi. Ular Keri ikki nafar farzand ko‘rgan ikkinchi turmush o‘rtog‘i bilan ajrashganidan ikki oy o‘tgach tanishgan. Xonandaning birinchi turmush o‘rtog‘i esa bir nechta ovoz yozish kompaniyalarining egasi Tommi Mottola bo‘lgan. U bilan Keri 1998-yilning mart oyida ajrashgan.
Oldingi ikki nikohidan uch nafar farzandi bor Paker, eng badavlat avstraliyaliklar ro‘yxatida to‘rtinchi o‘rinni egallaydi. U ko‘chmas mulk, shou-biznes va qimor o‘yinlari sohasida ish yuritib sarmoyasini ko‘paytirgan. Forbes jurnali Pakerning mol-mulkini 4,5 milliard dollarga baholagan.
Izoh (0)