Xitoyning Lyaonin shahrida yashovchi er-xotin bir necha oy davomida 140 ming yuanga yaqin (21,3 ming dollarga teng) summadagi maydalab tashlangan banknotalarni qayta tikladi. Bu haqda Tjournal xabar beradi.
Ularning mahalliy televideniyega so‘zlab berishicha, pullarni erkakning 85 yoshli otasi shu tarzda yo‘q qilishga qaror qilgan. 2015-yilning oktabrida u uyini sotgan va buning uchun 200 ming yuan (30,4 ming dollar atrofida) miqdoridagi mablag‘ni qo‘lga kiritgan.
Keksa odam paranoya xastaligi tufayli o‘g‘li va kelini uni tunamoqchi deb hisoblagan. Qarindoshlari unga pullarni bankka qo‘yishni taklif qilgan, biroq u negadir ularni maydalashga qaror qilgan.
Pullarni tiklash uchun er-xotinga uch oy vaqt kerak bo‘ldi. Ba’zi kunlarda ular sutkasiga 17 soat mehnat qildi. Endilikda 200 ming yuan miqdoridagi pullar bankka qo‘yildi.
Izoh (0)