Xitoyning shimoli-g‘arbidagi Sinxay provinsiyasida 6,4 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda XXR seysmik xizmati bergan ma’lumotlarga asosan “Korrespondent.net” xabar qilmoqda.
Zilzila Xaybey-Tibet avtonom okrugidagi Menyuan uyezdida sodir bo‘ldi. Bir necha daqiqadan keyin 3,4 magnitudali takroriy silkinish ro‘y berdi. Yer silkinishlarining o‘chog‘i o‘n kilometr chuqurlikda qayd etildi.
Silkinishlar Sinin shahri va qo‘shni Gansu provinsiyasida ham sezildi. Kechasi minus 20 darajagacha tushib ketadigan sovuqqa qaramasdan, ko‘pchilik aholi o‘z uyini tark etgan.
Qurbonlar va yetkazilgan zarar haqida ma’lumot yo‘q. Zilzila hududida politsiya va qurollangan xalq politsiyasi kuchlari ishlay boshladi.
Izoh (0)