Shimoliy Sinay provinsiyasining ma’muriy markazi, El-Arish shahridagi harbiy kuchlar postiga IShID guruhiga aloqador bo‘lgan jangarilar tomonidan uyushtirilgan hujum oqibatida Misr Ichki ishlar vazirligining besh nafar xodimi halok bo‘ldi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar qilmoqda.
Ma’lum qilinishicha, halok bo‘lganlar orasida uch nafar politsiya ofitseri, serjant va IIV safida xizmat o‘tayotgan askar bo‘lgan.
Bundan tashqari, o‘n nafardan ziyod kishi yaralangan.
Izoh (0)