AQSh prezidenti Barak Obama katta qizi Maliyaning bitiruv kechasida ko‘z yosh to‘kishini ma’lum qildi. Bu haqda prezident Detroyt shahrida bo‘lib o‘tgan tushlikda bergan bayonotiga asosan ABC News xabar qilmoqda.
“Maktabda bo‘lib o‘tadigan marosimda meni so‘zga chiqishga taklif qilishdi, lekin men rad javobini berdim. Men qora ko‘zoynak taqib olib yig‘lamoqchiman”, ― dedi Obama.
Maliya o‘rta maktabni bitirmoqda. Shahodatnomalarni berish marosimi 2016-yilning bahorida bo‘lib o‘tadi.
Barak va Mishel Obama 1992-yilda turmush qurgan. Ular ikki qizi, 17 yoshli Maliya va 14 yoshli Sashani tarbiyalab, voyaga yetkazmoqda. Qizlar Kolumbiya federal okrugi, Vashington shahridagi Sidwell Friends xususiy maktabida tahsil olmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Obama mamlakatda qurol aylanishi ustidan nazoratni kuchaytiruvchi buyruqlar haqida gapirar ekan, yig‘lab yuborgan edi.
Izoh (0)