Ukraina o‘z hududidan Rossiya gazini o‘tkazish uchun stavkani taxminan bir yarim barobarga oshirdi. Bu haqda Ukraina Energetika va ko‘mir sanoati vaziri Vladimir Demchishinga tayanib, Meduza xabar qilmoqda.

Foto: “Ukraina kriminalnaya”

Foto: “Ukraina kriminalnaya”

Vazirning so‘zlariga ko‘ra, ming kub metr gazni 100 kilometrga o‘tkazib berish tarifi 4,5 dollarni tashkil etadi.

2016-yilgacha Rossiya gazini Ukraina hududi bo‘ylab o‘tkazish stavkasi ikki tomonlama shartnoma asosida belgilanar edi. Endilikda tarif Ukrainaning Energetika sohasi va kommunal xizmatlarni tartibga solish Milliy komissiyasi tomonidan o‘rnatiladi.

2015-yilda Ukraina hududi bo‘ylab ming kub metr gazni 100 kilometrga yetkazib berish narxi 2,7 dollarni tashkil etgan edi.