Italiyalik mashhur kinorejissor Ettore Skola 84 yoshida Rimda vafot etdi. Bu haqda La Repubblica gazetasi ma’lumotiga tayanib, “Interfaks” xabar beradi.
Nashrning ma’lum qilishicha, Skola 17-yanvar, yakshanba kuni komada bo‘lgan. U 19-yanvar, seshanba kuni kechqurun Rim shifoxonalaridan biridagi kardiojarrohlik bo‘limida hayotdan ko‘z yumdi.
Rejissor sifatida Skola 1964-yilda “Agar ruxsat bersangiz, ayollar haqida suhbatlashamiz” komediyasi bilan faoliyatini boshlagan edi.
Uning e’tiborga molik ishlari qatoriga “Bir-birimizni qanchalar sevar edik”, Sofi Loren va Marchello Mastroyanni ishtirokidagi “Noodatiy kun”, “Bazm kechasi” va boshqa ko‘plab kartinalarni kiritish mumkin.
Izoh (0)