Dubaylik politsiyachi Messining pasporti bilan bog‘liq video tufayli sudga chaqirildi. Bu haqda “NTV” xabar beradi.
So‘z politsiyachi futbol yulduzining pasportini ushlab turgan videorolik haqida bormoqda. Ayblanuvchining so‘zlab berishicha, video Dubay aeroportida olingan bo‘lib, u yerga Messi 2015-yilning dekabrida yilning eng yaxshi futbolchisi mukofotini olish uchun borgan.
Politsiyachining so‘zlariga qaraganda, u sportchi bilan suratga tushishni istagan, biroq “Barselona” o‘yinchisi juda charchagan bo‘lgan. Shunda politsiyachi ro‘yxatdan o‘tish stoliga borib, u yerdan futbolchining pasportini qidirib topgan va videoga olgan. Rolikda politsiyachi “Bu Messining pasporti, u Dubayda. Men pasportni yoqib yuboraymi yoki qaytarib beraymi?”, degan so‘zlarni aytgan.
Sud uning bu harakatini sportchining shaxsiy hayotiga noqonuniy aralashish deb topdi. 27 yoshli politsiyachi esa aybini inkor etmoqda. Uning ma’lum qilishicha, u videoga olish uchun Messining qo‘riqchisidan ruxsat olgan. U, shuningdek, rolikni hazil ekanligini aytib o‘tgan.
[embed]https://youtu.be/uWzc8jrEsWw[/embed]
Izoh (0)