Peruda yo‘lovchi avtobusining jarlikka qulab tushishi oqibatida 16 kishi halok bo‘ldi, 10 kishi tan jarohati oldi. Bu haqda “TASS” xabar qilmoqda.
Hodisa mamlakatning markaziy qismida, Xunin departamentida ro‘y berdi. Haydovchi avtobus boshqaruvini qo‘ldan boy berib, 35 metr balandlikdan Tarma daryosiga qulab tushdi.
Huquqni muhofaza qiluvchi idoralarining ma’lum qilishicha, dastlabki surishtiruv natijalariga ko‘ra, transport vositasi ancha yuqori tezlikda harakatlangan.
Izoh (0)