Janubiy Koreyada 60 ta avtomashina ishtirokidagi yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar qilmoqda.
Ma’lum qilinishicha, YTH mamlakatning janubi-sharqidagi yuqori tezlik uchun mo‘ljallangan avtomagistralda sodir bo‘ldi.
Politsiya va qutqaruvchilar voqea joyiga yetib kelgan. Hodisa oqibatida zarar ko‘rganlar haqida ma’lumot yo‘q.
Ta’kidlanishicha, YTHdan biroz oldinroq mazkur hududda qor yoqqan.
Izoh (0)