Turkiyada Kurdiston ishchi partiyasining navbatdagi hujumi oqibatida uch nafar turk politsiyachisi halok bo‘ldi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar beradi.
Ma’lum qilinishicha, hodisa Shirnak viloyatida sodir bo‘lgan. Politsiyaning bronlashtirilgan avtomobili yo‘ldan o‘tayotganda, yasama portlovchi qurilma ishga tushgan. Shundan so‘ng Kurdiston ishchi partiyasi jangarilari ularga qarata o‘t ochgan.
Hujum oqibatida yetti nafar politsiyachi yaralanib, ulardan uch nafari shifoxonada halok bo‘lgan. Hozirgi paytda hujum qilganlarni qo‘lga olish bo‘yicha operatsiya o‘tkazilmoqda.
Izoh (0)