Yer aholisining eng qashshoq qismi, 3,6 milliard nafardan ziyod odamning moliyaviy ahvoli 2010-yildan beri trillion dollardan ko‘proq bo‘lgan mablag‘ga kamaydi. Bu haqda qashshoqlashishga qarshi kurashib keladigan Oxfam notijorat tashkilotining bayonotiga tayangan holda “RIA Novosti” xabar beradi.
Dunyodagi eng badavlat 62 nafar odam insoniyat aholisining eng kam ta’minlangan qismi ega bo‘lgan mablag‘ miqdorida mol-mulk sohibi bo‘lib, ularning umumiy moliyaviy ahvoli shu muddat ichida 1,76 trillion dollarga oshdi. Besh yil oldin, 388 nafar eng badavlat odam odamzodning yarmi ega bo‘lgan mol-mulk miqdoriga teng bo‘lgan boylikka ega edi.
Tashkilotning ta’kidlashicha, eng badavlat aholi vakillariga nisbatan qo‘llaniladigan soliq imtiyozlari, eng ko‘p va eng kam mehnat to‘lovidagi farqning kattalashishi va ishchilarni moliyaviy taqdirlashning qisqarishi qashshoqlar va boylar ta’minotidagi farqning kattalashishiga sababchi bo‘lmoqda.
Izoh (0)