Tayvandagi muxolifat Demokratik taraqqiyot partiyasi nafaqat prezidentlik uchun saylovlarda, balki parlament saylovlarida ham ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi. Bu haqda “TASS” xabar beradi.
Partiya Qonunchilik yuanining yangi tarkibidagi o‘rinlardan yarmidan ko‘pini qo‘lga kiritdi.
Jami parlamentning 113 deputatini saylash kerak bo‘lgani holda, buning uchun 556 nafar nomzod o‘rtasida kurash yuzaga keldi. Markaziy saylov komissiyasining ma’lum qilishicha, byulletenlar ustida hamon ish olib borilmoqda, biroq Demokratik taraqqiyot partiyasining o‘ziga 60 nafardan kam bo‘lmagan mandatni ta’minlaganligi hozirdan aniq bo‘lgan. Bu esa parlamentni nazorat qilish uchun yetarli bo‘lib hisoblanadi.
Shu paytgacha parlamentda Gomindan partiyasi yetakchilik qilib kelgan.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Tayvanning yangi rahbari ilk marta ayol kishi bo‘lishi ma’lum qilingandi.
Izoh (0)