Fotogalereya: Shimoliy Koreya ayollarining vodorod bombasi ham yo‘q qila olmaydigan go‘zalligi
Ruminiyalik fotosuratchi Mixaela Norok tomonidan tayyorlangan “Go‘zallik atlasi” loyihasining alohida bir qismi sirli Shimoliy Koreya ayollariga bag‘ishlangan, deb yozadi TravelAsk.
Shimoliy koreyalik ayollar jahon moda va makiyaj tendensiyalari bilan tanish emas, biroq bu holat ular o‘z tashqi ko‘rinishi haqida qayg‘urmaydi, degan xato xulosaga sabab bo‘la olmaydi.
Sayyoraning istalgan boshqa go‘shasidagi ayollar kabi, shimoliy koreyalik xonimlar ham go‘zal va maftunkor ko‘rinishni istaydi.
Ular baland poshnali poyabzallarga alohida mehr qo‘ygan, odatda, klassik liboslar kiyadi. Bayram kunlari va boshqa muhim sanalarda esa yorqin ranglarda an’anaviy milliy liboslar kiyiladi.
U Siniyjudagi mehmonxonada ishlaydi
Shimoliy Koreyada harbiy libos juda ommalashgan
Pxenyandagi keng xiyobonlardan biri
Pxenyandagi kutubxona
Siniyjudagi tomoshada sahnaga chiqishga tayyorlanayotgan xonanda
Velosiped — Shimoliy Koreyadagi eng ommabop transport vositasi
U poyezdda ishlaydi
Vonsan shahri ko‘chalarida
Pxenyandagi ofitsiant ayol
Pxenyandagi metro bekati
Pxenyandagi to‘qimachilik fabrikasi
An’anaviy milliy libosdagi shimoliy koreyalik ayol
Baliq tutish — vonsanliklarning sevimli mashg‘ulotlaridan
Odamlar mamlakat yetakchilari tasviri tushirilgan nishonlar taqib yuradi
Milliy bayram kunlari mamlakatning yirik shaharlarida raqs kechalari uyushtiriladi
Pxenyandagi talaba qiz
Xitoy bilan chegaradagi Siniyju shahrida
Soyabon — quyoshdan saqlanish uchun eng ommabop himoya vositasi
Izoh (0)