Britaniyada og‘riqni his qilmaydigan, shuningdek, deyarli uxlamaydigan va ovqatlanmaydigan yetti yoshli qizcha istiqomat qiladi. Bu uning oltinchi xromosomasidagi buzilish bilan bog‘liq, undagi irsiy ma’lumot qizchada mavjud emas. Bu haqda The Daily Mail ma’lumotiga tayanib, “Gazeta.ru” xabar beradi.
Yetti yoshli Oliviya Farnsuortni mashina urib ketgandan so‘ng, onasi uni shifokorlar huzuriga olib keldi. Sodir bo‘lgan hodisaga qaramasdan, bir tomchi ham ko‘z yosh to‘kmagan va u bilan nima sodir bo‘lganligini tushunmagan qizcha shifokorlar e’tiborini o‘ziga jalb qildi.
Bolaga jiddiy shikast yetmagan, biroq u hech qanday og‘riqni ham his qilmagan. Shifokorlar tomonidan qo‘yilgan tashxisga ko‘ra, bolaning oltinchi xromosomasida bo‘lishi lozim hisoblangan irsiy ma’lumotlarning bir qismi unda mavjud emas. Buning natijasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan har uchala oqibat qizchada aks etgan. U deyarli ovqatlanmaydi va uch sutka ketma-ket uxlamasdan yura oladi.
Onasining so‘zlariga qaraganda, kasallik alomatlari farzandi bir necha oylik bo‘lgandayoq o‘zini namoyon etgan. Oliviya chaqaloqligida sira yig‘lamagan, to‘qqiz oyligidan boshlab kunduzi uxlamay qo‘ygan.
Izoh (0)