Rossiyaning Penza viloyatida tez yordam mashinasi piyodani urib ketdi. Bu haqda hudud gubernatori Ivan Belozersevning ma’lumotiga tayanib, “Gazeta.ru” xabar beradi.
Uning so‘zlariga qaraganda, Lenino qishlog‘iga chaqiruv bo‘yicha shoshilayotgan tez yordam mashinasi piyodani urib ketgan va voqea joyidan yashiringan. Keyin shu avtomobilning o‘zi urib ketilgan odamning jasadini olib ketish uchun qaytib kelgan.
Sodir bo‘lgan hodisa haqida politsiya tez yordam mashinasida avariya izlarini aniqlagandan so‘ng ma’lum bo‘ldi.
Izoh (0)