O‘zbekistonning 25 yoshli pianinochisi Behzod Abduraimov AQShning Sietl shahridagi 2500 tomoshabinni sig‘dira oladigan “Benaroya Xoll” zalida konsert uyushtirdi. Bu haqda The Seattle Times nashri bergan ma’lumotlarga asosan “Review.uz” xabar qilmoqda.
Ma’lum qilinishicha, Abduraimov rossiyalik dirijyor Vasiliy Sinayskiy va Sietl simfonik orkestri bilan birgalikda uyushtirgan konsertga barcha biletlar sotilib, konsert muvaffaqiyatli o‘tdi.
Behzod Abduraimov 1990-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. U besh yoshidan pianino chalishni o‘rgana boshlagan.
Abduraimov Los Anjeles va Chexiya filarmoniya orkestrlari, Boston va NHK simfoniya orkestrlari bilan birga chiqish qilib, Vladimir Ashkenazi, Valeriy Gergiyev, Manfred Xonek, Vasiliy Petrenko, Jeyms Gaffigan, Osmo Vyanskya, Tomas Dausgor va Vladimir Yurovskiy kabi dirijyorlar bilan hamkorlik qilgan.
Izoh (0)