“Gazprom”ning sho‘ba tizimi — “Gazprom eksport” Turkmaniston gazini xarid qilish shartnomasini uzil-kesil bekor qildi. Bu haqda “Turkmangaz” davlat konserni matbuot xizmati ma’lum qildi, deya xabar beradi “RBK”.

Foto: “RBK”

Foto: “RBK”

“Gazprom eksport’ ‘Turkmangaz’ni 2016-yil 1-yanvardan boshlab gaz oldi-sotdi shartnomasi muddatidan avval bir tomonlama to‘xtatilgani haqida rasman ogohlantirdi”, — deyiladi turkman tomoni 15-yanvar, juma kuni chop etgan bayonotda.

“Gazprom eksport” matbuot xizmati shartnoma bekor qilingani to‘g‘risidagi xabarga izoh bermagan. Biroq kompaniyadagi manba mazkur ma’lumotni tasdiqlagan va shartnoma “Turkmangaz” “Gazprom”ning narx borasidagi talablariga rozi bo‘lgan taqdirdagina tiklanishi mumkinligini bildirgan.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq “Gazprom”dagi manba Rossiya 2016-yilda O‘zbekistondan xarid qiladigan gaz hajmi Turkmaniston o‘tgan yili yetkazib berganiga (3,1 milliard kub metr) nisbatan ko‘p bo‘lishini ma’lum qilgandi.