Xitoyning Sinopec davlat neft-gaz korporatsiyasi, eksportga taqiq olingandan so‘ng, AQShdan neft xomashyosining birinchi partiyasini xarid qildi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar beradi.
“Amerika neftining eksport qilinishi dunyo bozorida pozitiv yangilik hisoblanadi. Agar ushbu neft iqtisodiy jihatdan raqobatbardosh bo‘lsa, Osiyo—Tinch okeani hududidagi neftni qayta ishlovchilar uchun o‘z zaxiralarini xilma-xil qilish imkoniyatini beradi”, — deyiladi kompaniya vakili bergan ma’lumotda.
Kompaniya vakili shartnoma tafsilotlarini (neft navi, qiymati va yetkazib beruvchisi) oshkor etmadi. Kompaniyaning rasmiy vakili esa izoh berishdan bosh tortdi.
Izoh (0)