Misr Saudiya Arabistoni boshchiligidagi koalitsiya doirasida Yamanda o‘tkazilayotgan harbiy operatsiyadagi ishtirokini bir yilga uzaytirdi. Bu haqda “TASS” xabar beradi.
Misr rahbari devonxonasining ma’lum qilishicha, ushbu qaror prezident Abdul Fattoh as-Sisiy boshchiligida bo‘lib o‘tgan mamlakat milliy mudofaa kengashi majlisida qabul qilingan.
“Milliy mudofaa kengashi Misr qurolli kuchlari tegishli qismlarining Misr va arab milliy xavfsizligini himoya qilish maqsadida milliy chegaralar tashqarisidagi harbiy operatsiyalardagi ishtirokini bir yil muddatga yoki harbiy missiya yakunlangunga qadar uzaytirishni ma’qulladi”, — deyiladi xabarda.
Izoh (0)