Hindiston politsiyasi 15-yanvar, juma kuni to‘rt nafar maoist jangarini yo‘q qildi. Bu haqda huquqni muhofaza qiluvchi organlar vakili ma’lumotiga tayanib, “TASS” xabar beradi.
Operatsiya mamlakatning markaziy qismidagi Bastar okrugida (Chxattisgarx shtati) amalga oshirildi.
“50 nafar politsiyachidan iborat otryad muvaffaqiyatli operatsiya natijasida to‘rt nafar qurollangan maoist jangarini yo‘q qildi”, — deydi huquqni muhofaza qiluvchi organ vakili.
Politsiyaning ma’lumotiga qaraganda, operatsiya 14-yanvar, payshanba kuni kechasi tegishli razvedka ma’lumotlari olingandan so‘ng boshlangan.
Hindistonda 1980-yildan buyon maoist jangarilarning hujumlari oqibatida 20 mingdan ortiq odam halok bo‘lgan, ularning asosiy qismini tinch aholi vakillari tashkil etadi.
Izoh (0)