“Qudratli Reynjerlar”, “C.S.I.: Mayami” va “Tez Yordam” kinoseriallarida rol o‘ynagan amerikalik aktyor kichik Rikardo Medine qotillikda ayblanmoqda. Bu haqda Entertainment Weekly xabar qilmoqda.
Tergovning ma’lum qilishicha, 2015-yil 31-yanvar kuni u Los-Anjelesdagi uyida o‘zining yon qo‘shnisini qilich bilan o‘ldirgan. Hodisa aktyorning dugonasiga tegishli bahsdan keyin yuz bergan.
Noxush hodisadan keyin Rikardo shaxsan politsiya va tez tibbiy yordamga xabar bergan, lekin voqea joyiga yetib kelgan shifokorlar Josh Statterning o‘lganini qayd etgan. Medina hibsga olingan bo‘lsa-da, 2015-yil 3-fevral kuni unga ayblov qo‘yish uchun dalillarning yetarli bo‘lmaganligi sababli ozodlikka qo‘yib yuborilgan.
Hodisani sharhlar ekan, aktyor “Bo‘lib o‘tgan voqeadan juda ham afsusdaman. Men ozodlikka chiqqanimdan xursandman va mening qalbim Statter oilasi bilan ekanligini ma’lum qilaman”, ― dedi.
Rikardo Medinaning ishi bo‘yicha sud 2016-yil 19-yanvar kuni boshlanadi. Kafolat sifatida undan bir million dollar so‘ralmoqda. Advokatning ta’kidlashicha, Medina o‘zini himoya qilish maqsadida qilichdan foydalangan.
Izoh (0)