Yevropa Ittifoqi Istanbuldagi portlashda halok bo‘lganlarning oilalariga hamdardlik bildirdi hamda Yevropa Ittifoqi va Turkiya terrorizmga qarshi birgalikda kurashayotganligini ma’lum qildi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar beradi.
“Turkiyada yana bir terrorchilik hujumi amalga oshirildi. Bu safar Istanbulning sayyohlik hududi markazi Sultonahmet maydonida sodir bo‘ldi. Yevropa Ittifoqi bugungi portlashda halok bo‘lganlarning oilalariga chuqur hamdardlik bildiradi va yaralanganlarga tezroq sog‘ayib ketishni tilaydi”, — deyiladi Yevropa Ittifoqi diplomatiyasi rahbari Federika Mogerini va yevrokomissar Yoxannes Xanning qo‘shma bayonotida.
Bayonotda “Yevropa Ittifoqi va Turkiya terrorizmning barcha shakllariga birgalikda qarshi turishi” ta’kidlanadi.
Eslatib o‘tamiz, Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Istanbulning tarixiy markazi Sultonahmet maydonidagi 10 kishining o‘limiga sababchi bo‘lgan portlashni suriyalik xudkush terrorchi tomonidan amalga oshirilgan terakt deb atadi.
Izoh (0)