Braziliyadan uchib kelib, Fransiya poytaxti Parij aeroportida qo‘ngan Air France aviakompaniyasi samolyotining shassisida odamning jasadi topildi. Bu haqda AFP agentligi bergan ma’lumotlarga asosan “TASS” xabar qilmoqda.
Ma’lum qilinishicha, odamning jasadi Orli aeroportida Boeing 777 samolyotiga xizmat ko‘rsatish ishlarini olib borish chog‘ida aniqlangan.
Halok bo‘lganning shaxsi va jinsiga aniqlik kiritilmadi. Voqeaning boshqa tafsilotlari hozircha noma’lum.
Izoh (0)