Kambodja g‘arbida tikuv fabrikasi ishchilarini tashib ketayotgan ikkita yuk mashinasi ishtirokida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida 5 kishi halok bo‘ldi, 68 kishi jarohatlandi. Bu haqda “Sinxua” agentligi bergan ma’lumotlarga asosan “RIA Novosti” xabar qilmoqda.
Hodisa Kampongspi provinsiyasining Kong Pisey okrugida 12-yanvar, seshanba kuni sodir bo‘ldi. Ikkita yuk avtomashinasi noma’lum sabablarga ko‘ra yo‘lda to‘qnashib ketdi.
Barcha jarohatlanganlar shifoxonaga yuborildi. To‘qnashuv kimning aybi bilan sodir bo‘lganligi hozircha noma’lum.
Izoh (0)