Hindistonning Panjob shtatida maktab o‘quvchilarini tashuvchi avtobusning yo‘l chetidagi ariqqa tushib ketishi oqibatida kamida uch nafar bola halok bo‘ldi. Bu haqda NDTV telekanali bergan ma’lumotlarga asosan “RIA Novosti” xabar qilmoqda.
Ma’lum qilinishicha, yo‘l-transport hodisasi haydovchi ko‘z ilg‘ab bo‘lmaydigan havo sharoitida boshqaruvni qo‘ldan chiqarib yuborishi oqibatida sodir bo‘lgan. Avtobus taksi bilan to‘qnashib, yo‘l chetidagi ariqqa chiqib ketgan.
Barcha qurbonlar voqea joyida vafot etdi. Jarohatlanganlar mahalliy shifoxonaga yuborildi.
Politsiya surishtiruv ishlarini boshladi.
Izoh (0)