Volkswagen AG rahbari Mattias Myuller zararli chiqindi ko‘rsatkichlarini kamaytirib ko‘rsatadigan elektron dastur yordamida qilingan firibgarlik uchun amerikaliklardan uzr so‘radi. Bu haqda AFP bergan ma’lumotlarga asosan “Kommersant” xabar qilmoqda.

Foto: “Xakasiya”

Foto: “Xakasiya”

“Biz Amerikada mijozlarimiz, hukumatning mas’ul idoralari va jamiyatning ko‘nglini qattiq qoldirganimizni bilamiz. Men Volkswagen xatolari uchun uzr so‘rayman”, ― dedi Myuller.

Uning ma’lum qilishicha, avtokonsern AQSh uchun yangi o‘rta hajmli yo‘ltanlamas avtomobilini ishlab chiqarish uchun 900 million dollar miqdorida sarmoya kiritish niyatida. Avtomashinani ishlab chiqarish maqsadida Tennessi shtatida ikki mingga yaqin ishchi o‘rni yaratiladi.

Eslatib o‘tamiz, AQSh adliya vazirligi Volkswagen avtokonsernini sudga bergan edi.