Meksikada havaskorlar futbol jamoasini olib ketayotgan avtobus Atoyak daryosiga tushib ketdi. Bu haqda AFP agentligi bergan ma’lumotlarga asosan “Chempionat” xabar qilmoqda.
Rasmiylarning ma’lum qilishicha, yo‘l-transport hodisasi oqibatida 16 kishi halok bo‘ldi va 10 nafar kishi turli tan jarohati oldi.Dastlabki surishtiruvdan aniqlanishicha, avtobus katta tezlikda ketayotib, tezlikni pasaytirishga undovchi yo‘l qavarig‘iga duch kelishi oqibatida haydovchi avtobus boshqaruvini qo‘ldan chiqargan va transport vositasi ko‘prikdan daryoga tushib ketgan. Yo‘lovchilar orasida bolalar ham bo‘lgan.
Izoh (0)