Belarusda 2016-yildagi birinchi o‘lim jazosi e’lon qilindi. Bu haqda mahalliy OAV ma’lumotlariga tayanib, “Gazeta.ru” xabar beradi.
Oliy jazo rafiqasini shafqatsizlik bilan o‘ldirishda ayblanayotgan erkakka nisbatan tayinlandi.
Vileykada yashovchi erkakka nisbatan o‘lim jazosini Minsk viloyat sudi chiqardi. Erkak avval ham o‘limga olib kelgan og‘ir tan jarohatlar yetkazganligi uchun sudlangan.
Hukm hozircha kuchga kirgani yo‘q va uning ustidan shikoyat qilinishi mumkin.
Belarus Yevropa bo‘yicha o‘lim jazosi qo‘llanuvchi yagona davlatdir.
Izoh (0)