Kamchatkada harakatga kelgan Shiveluch vulqoni dengiz sathidan yetti kilometr balandlikdagi kul ustuni hosil qildi. Bu haqda “Interfaks” bergan ma’lumotlarga asosan “Korrespondent.net” xabar qilmoqda.
“Vulqondagi ushbu hodisa 10-yanvar, yakshanba kuni ertalab ro‘y berdi. Kuldan iborat bo‘lgan bulut Shiveluchning shimoli-g‘arbidagi tog‘li hududlarga tarqaldi”, ― dedi Rossiya Favqulodda vaziyatlar xizmati vakili.
Ta’kidlanishicha, kul havo oqimi tarqalgan hududlarda aholi turar-joylari yo‘q, aholi yashaydigan joylarda esa kul yog‘ini kuzatilmadi.
Qutqaruvchilar vulqonga yaqinlashmaslikni maslahat berib, bu xavfli ekanligini ma’lum qilmoqda.
Izoh (0)