Xitoyning valyuta muomalasini tartibga soluvchi xizmati Shenchjen shahri banklariga jismoniy va yuridik shaxslarga Amerika dollarini sotishni cheklash haqida og‘zaki buyruq berdi. Bu haqda The Financial Times ma’lumotiga tayanib, “Interfaks” xabar beradi.
Jismoniy shaxslar tomonidan Amerika dollarining sotib olinishiga kvota joriy etilmoqda. Hozirgi paytda u yiliga 50 ming dollarni tashkil etadi va u har kalendar yilning boshida yangilanadi.
Joriy yilning boshida Xitoyda valyutaga bo‘lgan talab juda oshib ketdi. Manbalarda ma’lum qilinishicha, hukumat mamlakatdan kapitalning chiqib ketishini sekinlashtirish uchun dollar sotuvini cheklamoqda.
Izoh (0)