Hindistonning janubida avtobus ishtirokidagi yo‘l-transport hodisasi oqibatida 10 kishi halok bo‘ldi va 18 nafarga yaqini tan jarohat oldi. Bu haqda mahalliy OAV bergan ma’lumotlarga asosan “TASS” xabar qilmoqda.
Ma’lum qilinishicha, Tamilnad shtatidagi Velankanni shahridan Kerala shtatidagi Tiruvanantapuram shahriga sayyohlarni olib ketayotgan avtobus yo‘l ajratuvchi to‘siqqa urilgan va chetdagi ariqqa chiqib ketib, ag‘darilgan. Halok bo‘lganlar orasida ikki nafar bola ham borligi ta’kidlanmoqda.Taxminlarga ko‘ra, avariya avtobusni boshqarib ketayotgan haydovchi uxlab qolganligi sababli sodir bo‘lgan.
Izoh (0)