AQShning Florida shtati rasmiylari 7-yanvar, payshanba kuni uch kishini o‘ldirganlikda ayblangan jinoyatchini qatl etdi. Bu haqda gubernator ma’muriyati bergan ma’lumotlarga asosan “TASS” xabar qilmoqda.
Qatl mahkumga o‘ldiruvchi inyeksiya qilish yo‘li bilan ijro etildi.
Ma’lum qilinishicha, qatlning ijrosi so‘nggi daqiqalarda to‘rt soatdan ziyod bo‘lgan vaqtga kechiktirildi. 53 yoshli ayblanuvchi Oskar Rey Bolin imkoniyatdan foydalanib, afv etish iltimosi bilan murojaat qildi. AQSh Oliy sudi iltimosnomani qisqa vaqt ichida ko‘rib chiqib, qanoatlantirishni rad etdi.
Ta’kidlanishicha, Bolin 26 yoshli Terri Linn Metyus, 17 yoshli Stefani Kollins va 25 yoshli Natali Xollini 1986-yilda o‘g‘irlab ketib, o‘ldirganlikda aybdor deb topilgan.
Izoh (0)